TOSHKENT SHAHAR ICHKI ISHLAR BOSH BOSHQARMASI

Aholi murojaatlarini o‘rganish samaradorligini oshirish maqsadida 2025-yilning mart oyidan boshlab, har oyning oxirgi yakshanba kuni Ichki ishlar vazirining qabullari o‘tkazib kelindi.

Joriy yildan boshlab aholiga qulaylik yaratish hamda sovuq ob-havo sharoitida uzoq masofa bosib kelishlarini oldini olish maqsadida Ichki ishlar vaziri general-leytenant Aziz Tashpulatovning shaxsiy qabuli quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Joriy yilning 1-fevral (yakshanba) kuni soat 10.00 — 14.00ga qadar Toshkent shahri aholisi uchun IIV huzuridagi «JAR” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida (Manzil: Shayxontohur tumani, Beruniy ko‘chasi, 3-uy) o‘tkaziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar aholisi uchun hududiy Ichki ishlar organlari binosidan onlayn shaklda, shu kuni soat 14.00 dan 22.00 ga qadar videokonferens aloqa orqali tashkil etiladi. ——— Shu bilan birga joriy yilning 1-fevral (yakshanba) kuni hududiy Ichki ishlar organlari rahbarlarining shaxsiy qabullari soat 10.00dan boshlab quyida belgilangan manzillarda tashkil etiladi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Ravshan Sultanxodjayevning shaxsiy qabuli IIV huzuridagi «JAR” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida (Manzil: Shayxontohur tumani, Beruniy ko‘chasi, 3 uy) o‘tkaziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekovning shaxsiy qabuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV binosida o‘tkaziladi (Manzil: Nukus shahar, A.Temur ko‘chasi,129-a uy). Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi polkovnik Abduvosit Abdurazakovning shaxsiy qabuli viloyat IIBB binosida o‘tkaziladi (Manzil: Nurafshon shahar, Yangiobod ko‘chasi, 71-uy). Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Farrux Haydarovning shaxsiy qabuli viloyat IIB binosida o‘tkaziladi (Manzil: Guliston shahar, I.Karimov ko‘chasi, 1-uy). Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i general-mayor G‘ayrat Qodirovning shaxsiy qabuli IIV Jizzax akademik litseyida o‘tkaziladi (Manzil: Jizzax shahar, Sayil joyi mahallasi, Sh.Boboyev ko‘chasi, 14-uy). Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i general-mayor Toxir Aripovning shaxsiy qabuli viloyat IIB binosida o‘tkaziladi (Manzil: Samarqand shahar, Bo‘stonsaroy ko‘chasi, 89-uy). Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Azat Tasbayevning shaxsiy qabuli viloyat IIB binosida o‘tkaziladi (Manzil: Navoiy shahar, A.Navoiy ko‘chasi 7-uy). Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ikromjon Tursunovning shaxsiy qabuli viloyat IIB binosida o‘tkaziladi (Manzil: Buxoro shahar, B.Naqshband ko‘chasi, 10-uy). Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ayubxon Raxmatullayevning shaxsiy qabuli viloyat IIB binosida o‘tkaziladi (Manzil: Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 13-uy). Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyevning shaxsiy qabuli viloyat IIB binosida o‘tkaziladi (Manzil: Namangan shahar, N.Namangoniy ko‘chasi, 16-uy). Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarovning shaxsiy qabuli viloyat IIB binosida o‘tkaziladi (Manzil: Andijon shahar, A.Navoiy shox ko‘chasi, 26-uy). Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilovning shaxsiy qabuli viloyat IIBDA o‘tkaziladi (Manzil: Qarshi shahar, Mustaqillik ko‘chasi, 47-uy). Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Timur Ismailovning shaxsiy qabuli viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasida o‘tkaziladi (Manzil: Termiz shahar, “Yulduz” mahallasi, Ibn Sino ko‘chasi, 56-uy).  Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abdumajid Shermuxamedovning shaxsiy qabuli viloyat IIBda o‘tkaziladi (Manzil: Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi 25-uy)

31 Yanvar 2026 Yil

901

“Profilaktika kuni” tadbirlari Prezident topshiriqlari ijrosiga qaratildi

Navbatdagi “Profilaktika kuni” tadbirlarida xodimlar oldiga ko‘plab dolzarb vazifalar qo‘yildi. Xususan, kuni kecha Prezidentimiz raisligida Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan namunaviy amaliyotni yaratish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida huquq-tartibot idoralari faoliyatiga berilgan tanqidiy baho, qayd etilgan kamchiliklarga e’tibor qaratildi. Yurtimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash, shuningdek, jamoat xavfsizligi sohasidagi kamchiliklarni chuqur tahlil etish orqali poytaxt hududida xavfsiz muhitni shakllantirish, jamoat tartibini saqlash hamda jinoyatchilikning oldini olish borasida yangicha yondashuv va safarbarlik talab qilinishi ta’kidlandi. Prezidentimiz ko‘rsatib o‘tgan to‘rtta tahdid – uyushgan jinoyatchilik, giyohvandlik, kiberjinoyatlar va yashirin iqtisodiyot sohasidagi salbiy holatlarga qarshi kurash borasidagi ishlarni jadallashtirishni yangi bosqichga olib chiqish lozimligi alohida qayd etildi. Yurtboshimizning “Odamlar xotirjam, tinch yashashi uchun xavfsizlikni ta’minlashimiz, jinoyatchilikni oldini olishimiz kerak”, degan so‘zlari har bir IIO xodimlariga eslatib o‘tildi. Davlat rahbari tomonidan 2025 yilning 3 yanvarida, joriy yilning 5 yanvarida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasidagi qarorlari, shuningdek, 2025 yil 3 noyabrida imzolagan aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik illatlaridan asrashga qaratilgan farmonlari ham eslatilib, kun tartibida hamon dolzarbligini yo‘qotmagani, ijrosini samarali ta’minlash jarayonlariga urg‘u berildi. Bu borada mahallalar, korxona, tashkilot, o‘quv muassasalarida profilaktik-tushuntirish ishlari, Probatsiya hamda profilaktika xizmati ro‘yxatlarida turuvchi shaxslar, uyushmagan yoshlar, foydali mehnat bilan band bo‘lmagan ayollar bilan suhbatlar o‘tkazildi. Muqaddam sudlanganlar ishtirokida qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish, jamiyatga moslashuvi, bandligini ta’minlash kabi muhim masalalar amalga oshirilmoqda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasi, tarqatilishi, iste’moliga qarshi kurash, ayniqsa yoshlarimizni bu illatdan asrash borasida qator targ‘ibot, tushuntirish va ogohlantirish ishlari, ayniqsa, kibermakonda bolalarga bepul bonuslar va o‘yinlar valyutasi va’da qilinishi oqibatida g‘araz kimsalarning jinoiy tuzog‘iga tushib qolmasliklari uchun ota-onalarga bolalar bilan internet xavfsizligi qoidalariga amal qilish tavsiya etildi. Xususan, tumanlar IIO FMB rahbarlari tomonidan mahalla mas’ullari ishtirokida nizoli oilalardagi munosabatlar, foydali mehnat bilan band bo‘lmagan yoshlarning muammolari o‘rganilib, hal etish choralari izlanmoqda. Joylarda sodir etilgan oilaviy zo‘ravonlik, kiberjinoyatlar, qonunbuzilish holatlari jamoatchilik vakillari, “mahalla yettiligi” va faollari ishtirokida muhokama etilib, ta’sirchan choralar ko‘rilmoqda. Aholining murojaatlarini joyida o‘rganish va hal etish maqsadida tuman IIO FMB boshliqlari tomonidan sayyor qabullar o‘tkazildi. Poytaxt hududidagi targ‘ibot jarayonlarida asosiy e’tibor yoshlarning huquqiy madaniyati, savodxonligini oshirish, qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlarning, profilaktik tadbirlarning ahamiyati, mahallalarda, poytaxtimizda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishdagi muhim o‘rni ta’kidlanib, jamiyat bilan davlat organlarining hamkorligigina ko‘zda tutilgan maqsadlarning amalga oshishida yordam berishi tushuntirildi.

30 Yanvar 2026 Yil

5347

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha e’lon

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bakalavriyatiga 2026/2027-oʻquv yili uchun kunduzgi taʼlim yo'nalishiga nomzodlar o‘rtasida tanlov eʼlon qiladi! Akademiyaga oʻqishga kirish uchun nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”da belgilangan talablarga javob berishi zarur. Nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi, 17 yoshdan kichik (qabul yilida 17 yoshga toʻladiganlar) va 25 yoshdan katta boʻlmasligi (shu jumladan, 25 yoshdagilar), umumiy oʻrta, oʻrta maxsus yoki professional maʼlumotga ega boʻlishi kerak. Nomzodlardan arizalar 2026-yil 15-fevral kuniga qadar Toshkent shahar IIBB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ichki ishlar organlariga nomzodlarni qabul qilish markazida qabul qilinadi. Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Sayid Baraka ko‘chasi, 7-uy. QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR: Oʻqishga qabul qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 1) dastlabki tanlov; 2) maxsus kasbiy tanlov; 3) yakka tartibdagi yakuniy suhbat. Dastlabki tanlov nomzodga tegishli hujjatlarni va uni tavsiflovchi maʼlumotlarni toʻplash, nomzod toʻgʻrisidagi turli maʼlumotlar, shuningdek, uning sogʻligi jihatdan oʻqishga yaroqliligini aniqlashdan iborat. Nomzodlar vazirlik hamda ichki ishlar organlarida maxsus tashkil etilgan harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Maxsus kasbiy tanlov quyidagilardan iborat: - hujjatlarni oʻrganish; - tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;   Maxsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzod yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qoʻyiladi. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat huquqshunoslik, Oʻzbekiston tarixi, tarbiya fanlari boʻyicha oʻtkaziladi. Maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat IIV Akademiyasida boʻlib oʻtadi. Nomzodlar maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari asosida Akademiyaga oʻqishga qabul qilinadi. IMTIYOZLAR: Xalqaro va respublika olimpiadalari gʻoliblari, “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblari, shuningdek, vazirlik akademik litseylarining huquqshunoslik fani boʻyicha idoraviy fan olimpiadasi gʻoliblari dastlabki va maxsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng yakka tartibdagi yakuniy suhbatsiz oʻqishga qabul qilinadi. Shuningdek, matematika, informatika, dasturlash va axborot texnologiyalari boʻyicha nufuzli xalqaro, mintaqaviy hamda respublika olimpiadalari sovrindorlari dastlabki tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgach, Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasining qaroriga koʻra, belgilangan qabul kvotalari doirasida yakka tartibdagi yakuniy suhbatsiz oʻqishga qabul qilinadi.

29 Yanvar 2026 Yil

2523

Interaktiv xizmatlar

Text to speech