XIZMATGA QABUL QILISH BO‘YICHA TANLOV E’LON QILINADI
Tanlov quyidagi xizmatlarga serjantlik lavozimlariga o‘tkaziladi:
- Yo‘l-patrul faoliyati (bo‘y erkaklar 175sm / ayollar 170sm);
- Pasport tizimini ta’minlash faoliyati (bo‘y erkaklar 165 sm / ayollar 160 sm);
- Jamoat tartibini saqlash faoliyati (bo‘y erkaklar 170 sm / ayollar 165 sm).
Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
- Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turishi;
- Yoshi 18 yoshdan kichik, 30 yoshdan katta bo‘lmasligi;
- Erkaklar muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi (zaxiradagi ofitserlar tarkibi qabul qilinmaydi);
- Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi.
Tanlovda ishtirok etish istagi bor nomzodlar,
2026 yilning 20 fevral kuniga qadar (soat 09:00 dan 17:00 gacha) Toshkent shahar IIBB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ichki ishlar organlariga nomzodlarni qabul qilish markaziga (Toshkent shahar, Mirobod tumani, Said Baraka ko‘chasi, 1A-uy) biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi doimiy yashash manzili bilan, harbiy guvohnoma (erkaklar uchun), oliy ma’lumotni tasdiqlovchi hujjatlar bilan kelishlari so‘raladi.
Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ-3413-son hamda 2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-son qarorlari talablari asosida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga serjantlik lavozimlariga o‘tkaziladi.
Eslatma: belgilangan kunlardan keyin murojaat etgan nomzodlar ro‘yxatga kiritilmaydi.