29 Yanvar 2026 Yil 5774

Rasmiy ma’lumot

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs chet el fuqarosiga nosvoy chekishni taklif qilayotganlik holati aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida quyidagilar ma’lum bo‘ldi.

Joriy yilning 25-yanvar kuni Chilonzor tumanida joylashgan istirohat bog‘larining birida, 2006 yilda tug‘ilgan M.K. chet el fuqarosiga nosvoy tamaki mahsulotini chekishni taklif qilgan holda uyatli so‘zlar bilan so‘kinib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan buzgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan M.K.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi ("Mayda bezorilik") bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.

Barcha yangiliklar

Text to speech