Aholi murojaatlarini o‘rganish samaradorligini oshirish maqsadida 2025-yilning mart oyidan boshlab, har oyning oxirgi yakshanba kuni Ichki ishlar vazirining qabullari o‘tkazib kelindi.
Joriy yildan boshlab aholiga qulaylik yaratish hamda sovuq ob-havo sharoitida uzoq masofa bosib kelishlarini oldini olish maqsadida Ichki ishlar vaziri general-leytenant Aziz Tashpulatovning shaxsiy qabuli quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Joriy yilning 1-fevral (yakshanba) kuni soat 10.00 — 14.00ga qadar Toshkent shahri aholisi uchun IIV huzuridagi «JAR” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida (Manzil: Shayxontohur tumani, Beruniy ko‘chasi, 3-uy) o‘tkaziladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar aholisi uchun hududiy Ichki ishlar organlari binosidan onlayn shaklda, shu kuni soat 14.00 dan 22.00 ga qadar videokonferens aloqa orqali tashkil etiladi.
———
Shu bilan birga joriy yilning 1-fevral (yakshanba) kuni hududiy Ichki ishlar organlari rahbarlarining shaxsiy qabullari soat 10.00dan boshlab quyida belgilangan manzillarda tashkil etiladi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Ravshan Sultanxodjayevning shaxsiy qabuli IIV huzuridagi «JAR” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida (Manzil: Shayxontohur tumani, Beruniy ko‘chasi, 3 uy) o‘tkaziladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekovning shaxsiy qabuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV binosida o‘tkaziladi (Manzil: Nukus shahar, A.Temur ko‘chasi,129-a uy).
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi polkovnik Abduvosit Abdurazakovning shaxsiy qabuli viloyat IIBB binosida o‘tkaziladi (Manzil: Nurafshon shahar, Yangiobod ko‘chasi, 71-uy).
Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Farrux Haydarovning shaxsiy qabuli viloyat IIB binosida o‘tkaziladi (Manzil: Guliston shahar, I.Karimov ko‘chasi, 1-uy).
Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i general-mayor G‘ayrat Qodirovning shaxsiy qabuli IIV Jizzax akademik litseyida o‘tkaziladi (Manzil: Jizzax shahar, Sayil joyi mahallasi, Sh.Boboyev ko‘chasi, 14-uy).
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i general-mayor Toxir Aripovning shaxsiy qabuli viloyat IIB binosida o‘tkaziladi (Manzil: Samarqand shahar, Bo‘stonsaroy ko‘chasi, 89-uy).
Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Azat Tasbayevning shaxsiy qabuli viloyat IIB binosida o‘tkaziladi (Manzil: Navoiy shahar, A.Navoiy ko‘chasi 7-uy).
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ikromjon Tursunovning shaxsiy qabuli viloyat IIB binosida o‘tkaziladi (Manzil: Buxoro shahar, B.Naqshband ko‘chasi, 10-uy).
Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ayubxon Raxmatullayevning shaxsiy qabuli viloyat IIB binosida o‘tkaziladi (Manzil: Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 13-uy).
Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyevning shaxsiy qabuli viloyat IIB binosida o‘tkaziladi (Manzil: Namangan shahar, N.Namangoniy ko‘chasi, 16-uy).
Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarovning shaxsiy qabuli viloyat IIB binosida o‘tkaziladi (Manzil: Andijon shahar, A.Navoiy shox ko‘chasi, 26-uy).
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilovning shaxsiy qabuli viloyat IIBDA o‘tkaziladi (Manzil: Qarshi shahar, Mustaqillik ko‘chasi, 47-uy).
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Timur Ismailovning shaxsiy qabuli viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasida o‘tkaziladi (Manzil: Termiz shahar, “Yulduz” mahallasi, Ibn Sino ko‘chasi, 56-uy).
Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abdumajid Shermuxamedovning shaxsiy qabuli viloyat IIBda o‘tkaziladi (Manzil: Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi 25-uy)