29 Yanvar 2026 Yil 2632

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha e’lon

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bakalavriyatiga 2026/2027-oʻquv yili uchun kunduzgi taʼlim yo'nalishiga nomzodlar o‘rtasida tanlov eʼlon qiladi!

Akademiyaga oʻqishga kirish uchun nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”da belgilangan talablarga javob berishi zarur.

Nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi, 17 yoshdan kichik (qabul yilida 17 yoshga toʻladiganlar) va 25 yoshdan katta boʻlmasligi (shu jumladan, 25 yoshdagilar), umumiy oʻrta, oʻrta maxsus yoki professional maʼlumotga ega boʻlishi kerak.

Nomzodlardan arizalar 2026-yil 15-fevral kuniga qadar Toshkent shahar IIBB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ichki ishlar organlariga nomzodlarni qabul qilish markazida qabul qilinadi.

Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Sayid Baraka ko‘chasi, 7-uy.

QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR:

Oʻqishga qabul qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1) dastlabki tanlov;

2) maxsus kasbiy tanlov;

3) yakka tartibdagi yakuniy suhbat.

Dastlabki tanlov nomzodga tegishli hujjatlarni va uni tavsiflovchi maʼlumotlarni toʻplash, nomzod toʻgʻrisidagi turli maʼlumotlar, shuningdek, uning sogʻligi jihatdan oʻqishga yaroqliligini aniqlashdan iborat. Nomzodlar vazirlik hamda ichki ishlar organlarida maxsus tashkil etilgan harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.

Maxsus kasbiy tanlov quyidagilardan iborat:

- hujjatlarni oʻrganish;

- tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;

 

Maxsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzod yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qoʻyiladi.

Yakka tartibdagi yakuniy suhbat huquqshunoslik, Oʻzbekiston tarixi, tarbiya fanlari boʻyicha oʻtkaziladi.

Maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat IIV Akademiyasida boʻlib oʻtadi.

Nomzodlar maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari asosida Akademiyaga oʻqishga qabul qilinadi.

IMTIYOZLAR:

Xalqaro va respublika olimpiadalari gʻoliblari, “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblari, shuningdek, vazirlik akademik litseylarining huquqshunoslik fani boʻyicha idoraviy fan olimpiadasi gʻoliblari dastlabki va maxsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng yakka tartibdagi yakuniy suhbatsiz oʻqishga qabul qilinadi.

Shuningdek, matematika, informatika, dasturlash va axborot texnologiyalari boʻyicha nufuzli xalqaro, mintaqaviy hamda respublika olimpiadalari sovrindorlari dastlabki tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgach, Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasining qaroriga koʻra, belgilangan qabul kvotalari doirasida yakka tartibdagi yakuniy suhbatsiz oʻqishga qabul qilinadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech