Ijtimoiy tarmoqlarda 2 nafar fuqaro o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Joriy yilning 25 yanvar kuni taxminan soat 17.30 larda Yunusobod tumani, Oloy bozori berk ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birining hovlisi, 1976 yilda tug‘ilgan B.A. hamda 1992 yilda tug‘ilgan S.P. o‘zaro kelishmovchilik sababli janjallashib ketgan. Hodisa jarayonida fuqaro S.P. o‘zining “Captiva” rusumli avtomashinasini boshqarish vaqtida yo‘l chetida turgan “Malibu” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.