TOSHKENT SHAHAR ICHKI ISHLAR BOSH BOSHQARMASI

Yangi avtomashinalar yurt tinchligi xizmatida

Yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash, respublikamiz mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish barobarida inson qadr-qimmatini ulug‘lash, haq-huquqlarini himoya qilish, fuqarolik jamiyatini yaratishga qaratilgan jarayonlar davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Xususan, xalqimiz tinchligi va xavfsizligini saqlashga eng muhim vazifalardan biri sifatida qaralib, ichki ishlar organlari – xalqimizning yaqin himoyachisi bo‘lishi kerakligi ta’kidlanadi. Shu maqsadda Yurtboshimiz tomonidan ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, xizmatni ilg‘or zamonaviy texnik, transport vositalari bilan jihozlash, yetuk ma’naviy kadrlar bilan jamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Ichki ishlar vazirligi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida keng ko‘lamli ishlar olib borilib, sohaviy xizmatlar moddiy-texnik jihatdan tobora takomillashtirilmoqda. Ayniqsa, bevosita shahar aholisi hamda mehmonlari ko‘z o‘ngida kechayu kunduz xizmat olib boruvchi sohalarda o‘zgarishlarning amalga oshirilishi xizmat samaradorligini oshiribgina qolmay, fuqarolarimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga, faxr tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Poytaxtimizning Shayxontohur tumani IIO FMB patrul-post xizmati inspektorlariga 14 dona Chevrolet Cobalt rusumli maxsus jihozlangan xizmat avtomobillari topshirilgani bu fikrimizga yaqqol misoldir. Tuman hokimi, prokurori, IIO FMB boshlig‘i ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda, mazkur avtomashinalar xodimlarga tantanali ravishda topshirildi. Bu avtomashinalar xizmat samaradorligini oshirishga, har bir salbiy holatlarga o‘z vaqtida, tezkorlik bilan yetib borib, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qilishi, shubhasiz.

27 Mart 2026 Yil

355

Bir qator ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklanadi

Toshkent shahrida duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati hamda “International Tashkent Marathon – 2026” tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan quyidagi ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi: 28-mart soat 08:00 dan 12:00 gacha: — Yangi O'zbekiston ko'chasi — CAU universiteti oldida Parkent avtomagistraligacha. 3-aprel soat 16:00 dan 5-aprel 14:00 gacha: — Afrosiyob ko'chasi — I.Karimov ko'chasi kesishmasidan Beshyog'och ko'chasi kesishmasigacha. 5-aprel soat 02:00 dan 13:00 gacha: — Beshyog'och ko'chasi — Furqat ko'chasi kesishmasidan I.Karimov ko'chasi kesishmasigacha; — Afrosiyob ko'chasi — I.Karimov ko'chasi kesishmasidan Sh.Rashidov ko'chasi kesishmasigacha: — Sh.Rashidov ko'chasi — Afrosiyob ko'chasi kesishmasidan I.Karimov ko'chasi kesishmasigacha; — Afrosiyob ko'chasi — Sh.Rashidov ko'chasi kesishmasidan Shahrisabz ko'chasi kesishmasigacha;— Shahrisabz ko'chasi — Afrosiyob ko'chasi kesishmasidan A.Temur shoh ko'chasi kesishmasigacha; — Oybek ko'chasi — Shahrisabz ko'chasi kesishmasidan Nukus ko'chasi kesishmasigacha; — Nukus ko'chasi — Oybek ko'chasi kesishmasidan Istiqbol ko'chasi kesishmasigacha; — Abdulla Qodiriy ko'chasi — Istiqbol ko'chasi kesishmasidan Abay ko'chasi kesishmasigacha. Haydovchilardan ushbu cheklovlarni inobatga olib, harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish so‘raladi. © Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

26 Mart 2026 Yil

211

Interaktiv xizmatlar

Text to speech