28 Mart 2026 Yil 29

Toshkent shahar IIBB tomonidan Yangihayot tumanida “Yashil makon” loyihasi doirasida daraxtlar ekildi

Shu kunlarda yurtimizda “Yashil makon” loyihasi keng ko‘lamda davom ettirilmoqda. Mazkur loyiha doirasida respublikamiz bo‘ylab ko‘chat ekish, hududlarni obodonlashtirish hamda yashil hududlar maydonini kengaytirish ishlari amalga oshirilmoqda. Yashil makon - barcha uchun tushunarli, nomi ravon, mazmuni chuqur, mohiyati ulug‘ ibora. Yashayotgan manzilimiz, mahallamiz, shahrimizni ko‘rkamlashtirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.

Toshkent shahar IIBB tomonidan ham mazkur loyihaga har yili alohida e’tibor qaratiladi. Shu asnoda poytaxt tumanlarida yashil hudud yaratilishiga IIO xodimlari ham o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Yangihayot tumanida ham “Yashil makon” loyihasi doirasida Toshkent shahar IIBB tomonidan yashil hududlarning yaratilishi davom ettirilmoqda.

Tadbirda Toshkent shahar IIBB boshlig‘i polkovnik Ravshan Sultanxodjayev, shahar hokimi Shavkat Umurzoqov va boshqa mas’ullar ishtirok etdi. Mazkur hududda ko‘plab manzarali daraxtlar ekildi. Bu loyihada faol ishtirok etish orqali nafaqat tabiatni, balki o‘z salomatligimizni, qolaversa, kelgusi avlodlar sog‘ligini saqlashga hissa qo‘shgan bo‘lamiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech