25 Mart 2026 Yil 201

Ezgulik va mehr-muruvvat ayyomi: poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasida Navro‘z bayrami nishonlandi

Shu kunlarda Vatanimizning barcha shahar va qishloqlarida xalqimizning sevimli bayrami – Navro‘z ayyomiga bag‘ishlangan tadbirlar ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. An’anaga ko‘ra bayram tantanalari Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida ham keng nishonlandi. Tadbirni Bosh boshqarma boshlig‘i, polkovnik Ravshan Sultanxodjayev Ichki ishlar vazirining Navro‘z bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirish bilan ochib berdi. Xususan, Vazirimizning buyruqlari bilan sidqidildan va fidoyi xizmatlari uchun o‘ttizdan ortiq, poytaxt IIBB boshlig‘i tomonidan bir yuz ellikdan ziyod xodimlar turli mukofotlar bilan rag‘batlantirilganini mamnuniyat bilan qayd etib o‘tdi. Ma’ruzasi so‘nggida R.Sultanxodjayev barcha xodimlarga ezgu tilaklar bildirib, kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tiladi. Poytaxt IIBB shaxsiy tarkibining ayniqsa ayol-xodimalarning ushbu bayram tadbiriga katta tayyorgarlik ko‘rishganini ularning milliy liboslarda, milliy taomlar: ko‘k somsa, ko‘k chuchvara, turli bahoriy shirinliklar bilan bezatilgan bayram dasturxonining mo‘l-ko‘lligidan bilish qiyinmas. Bayram doirasida ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida turli sport musobaqalari, qiziqarli milliy o‘yinlar namoyish etildi. Tantanada tashkillashtirilgan bellashuv va musobaqalarda g‘olib bo‘lganlar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Tantanalar davomidagi xonanda va sozandalarning sho‘x kuy-qo‘shiqlari, go‘zal raqslari shodiyonaga yanada tantanavorlik bag‘ishladi. Bu kabi bayramlar xodimlarni birlashtirib, ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, kelgusi xizmatlariga ruhlantirishga xizmat qiladi.

Barcha yangiliklar

Text to speech