Turmushdagi xavfsizlik

Bugungi kunda jinoyatchilar – inson hayoti, sog’lig’i va mol-mulkiga xavf soladi. Albatta sen hech nimadan qo’rqmasligingni, kerak bo’lsa o’zingni himoya qilishingni aytishing mumkin. Seni hech kim qo’rqoq bo’lish kerak deb ishontirmoqchi emas, balki ehtiyotkor bo’lishni eslatib o’tmoqchimiz.

Esda tut: ehtiyotkorlik va oqilona o’ylab harakat qilinsa ko’pgina holatlarda eng kam yo’qotish yo’li bilan jinoyatchilikning oldini olish yoki xavfli holatdan chiqib ketish mumkin.

O’Z UYINGNI QANDAY ASRASH KERAK?

O’zingni va o’z uyingni yomon niyatli kishilardan asrashni bilish lozim. Begonalarning uyga kirib olishining uchta yo’li bor:

  • Eshik;
  • Deraza;
  • Balkon orqali;
Buni qanday oldini olish mumkin?

Derazalarda panjara o’rnatilishi, kirish va balkon eshiklarini mustahkamligini ta’minlash haqida ota-onang qayg’urishi kerak. Eshik taqqillaganda “kimsiz” - deb so’ramasdan, ko’zchadan qaramasdan eshikni ochsang yoki uydan chiqa turib eshikni qulflamasdan qoldirsang hech qanday mustahkam eshik seni uyingni saqlab qololmaydi.

Барча янгиликлар

Text to speech