Ichki ishlar organlari uchun munosib kadrlar tayyorlash yo‘lida faoliyat yuritayotgan ta’lim maskanlaridan biri IIV 1-sonli Toshkent akademik litseyi hisoblanadi.
– Ta’lim muassasa mizning bitiruvchilari yuqori natijalarga erishib, respublikamizning nufuzli oliy ta’-lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinayotgani, avvalo, ta’lim jarayonida fidokorona mehnat qilayotgan malakali o‘qituvchi va tarbiya chilarimiz mehnatining samarasidir, – deydi litsey direktori, polkovnik Sherali Turayev. – Shu maqsadda ta’lim sifatini yuksaltirish, zamonaviy ta’lim texnolo giyalarini joriy etish, o‘quv chilarda mustaqil fikrlash va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishga qaratilgan izchil ishlar olib borilmoqda. Natijada har bir bitiruvchi kelajakka ishonch bilan qadam qo‘ymoqda.
Ana shunday fidoyi va mehnatkash ustozlardan Faxriddin Qodirov, Marhabo Isayeva, Asilbek Abdumutallipov, Munira Erkayeva, Aziza Nuritdinova, Zilola Hakimjonova hamda Yuriy Lilarni alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Ularning sa’y-harakati tufayli 2024/2025-o‘quv yili yakuni bo‘yicha bitiruvchilarimizning qariyb 87 foizi IIV Akademiyasi hamda balki boshqa nufuzli oliy ta’lim muassasalariga qabul qilindi. Joriy yilning o‘zida ta’lim muassasamizning o‘qituvchi va o‘quvchilaridan iborat 49 nafar sportchimiz turli bellashuvlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qildi. Ulardan 18 nafari O‘zbekiston chempioni, 8 nafari Osiyo miqyosidagi musobaqalar g‘olibi, 12 nafari xalqaro turnirlar sovrindorligini qo‘lga kiritishdi. Eng quvonarlisi, 6 nafar sportchimiz Jahon chempioni va Jahon kubogi sohiblari bo‘lishdi. Litseyning zamonaviy axborot resurslari va bebaho adabiy xazinaga boy bo‘lgan kutubxonasi ta’lim muassasasi hayotida muhim ma’naviy markaz sifatida xizmat qilib kelmoqda. Asilbek Ro‘zmahammatov, Sevinch Iskandarova va Dilshod Jumanazarov kabi kitobsevar o‘quvchilar kutubxonaga eng ko‘p tashrif buyuruvchi faol kitobxonlardan. Ular nafaqat kitob o‘qishga, balki tengdoshlariga ham kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etishga hissa qo‘shib kelmoqda. Litsey bu faqat ta’lim maskani emas, balki yorqin orzular va ulug‘ maqsadlar parvozi uchun poydevor bo‘lgan muqaddas dargohdir. Bu yerda yoshlar nafaqat bilim olishadi, balki vatanparvarlik, sadoqat, matonat va insoniylik kabi oliy fazilatlarni o‘zlashtiradi. Shubhasiz, bu ta’lim dar gohidan yetishib chiqadigan har bir bitiruvchi – o‘z salohiyati, bilimi va Vatanga sadoqati bilan mamlakat ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan fidoyi inson bo‘lib shakllanadi.
Sarvar SOBIROV, o‘z muxbirimiz. Abu KENJAYEV olgan suratlar.