24 Iyul 2025 Yil 0

Yuksak ishonch namunasi

Profilaktika inspektorimiz Prezidentimizga «Islohotlar shtabi» faoliyati taqdimotida plansheti yordamida «Qalqon» dasturi asosida mahallamizdagi aholi tarkibi haqida batafsil ma’lumot olish mumkinligini ko‘rsatib berdi, –deydi «Yangi Kamolon» mahallasi raisi Mahammadamin Ergashev. –Kelgusi yil jinoyat bo‘lmasligi uchun qaysi xonadonda qanday ish qilinayotgani va qaysi xonadonda huquqbuzarlik yuz berishi mumkinligi haqida savollarga javoban mahallada bu borada muammo yo‘qligini ta’kidladi.

Haqiqatan ham, mahallamiz ahli o‘zaro ahil, mehr-oqibatli. Unda barchaning farovonlikda yashashi, avvalo, o‘zimizga bog‘liq. Biz mahalla yettiligi doirasidagi amaliy ishlarda shu aqidaga amal qilamiz. Ya’ni, mahallamizda begona yo‘q va biz hech kimga befarq emasmiz. Qolaversa, bu boradagi amaliy ishlarimizda birinchi navbatda kuzatuv kame ralari, turli xavfsizlik dasturlari eng ishonchli vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Xalqimizda «Kengashli to‘y tarqamas» maqoli bejiz yaralmagan. Buni «Yangi Kamolon» mahallasi yettiligi faoliyati misolida ko‘rishimiz mumkin. Zero, jonkuyarlik bilan amalga oshirilgan ishlar ibrat namunasi sifatida bo‘y ko‘rsataveradi. Prezidentimiz bilan kechgan suhbatni eslasam haligacha hayajonlanib ketaman, – deydi profilaktika inspektori, kapitan Nusratjon Ziyoratov. Bu unvon kelgusidagi xizmatim uchun bildirilgan yuksak ishonch, deb bilaman. Bu ishonchni oqlash yo‘lida sidqidildan xizmat qilaman. – O‘g‘lim Nusratjon bolaligidan doim a’lo bahoga o‘qigan, ichki ishlar organi xodimi bo‘lishni orzu qilgan, – deydi Nematjon Ziyoratov. – Men bir umr tegirmonchilik ortidan tirikchilik qildim. Odamlarning dasturxonidagi issiq nonda hissam borligi uchun shukur qilaman. Farzandlarimni o‘zlari qiziqqan kasbida mehnat qilib, yurtga nafi tegadigan insonlar bo‘lishi uchun qo‘llab-quvvatla dim. Ishonasizmi, Yurtboshimiz bilan suhbat chog‘ida o‘g‘limdagi qat’iyatni, unvoni oshganini ko‘rib ko‘zlarimda beixtiyor yosh qalqidi. Shunday farzand tarbiyalaganimdan quvondim. Har bir otaga el koriga yelka tutgan o‘g‘lidan faxrlanish nasib etsin. Farzandimga ko‘rsatilgan e’tibor, otalarcha g‘amxo‘rlik uchun Yurtboshimizga, Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman.

© POSTDA – На посту

Barcha yangiliklar

Text to speech