Shayxontohur tumani IIOFMB 3-sonli IIBga «O‘rda», «Shayxontohur», «Janggoh», «Koh ota», «Labzak» va «Taxtapul» mahallalari kiradi.
– Ushbu hududda jami 42 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi, – deydi IIB boshlig‘i, podpolkovnik Tohir Qosimov. – Oltita mahallaning beshtasi «sariq», bittasi «yashil» toifada. «Sariq» toifaga kiruvchi «O‘rda» mahallasida 2667 nafar fuqaro yashaydi. Hududda profilaktika katta inspektori, podpolkovnik Shuhrat Imomov xizmat olib boradi. Mahallada yettilik hamda aholi bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Bu sa’y-harakatlar zami rida hududni «sariq» toifadan «yashil»-ga o‘tkazish, ya’ni huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilik darajasini kamaytirish yotibdi. Hududda yirik savdo majmualari ham borki, bu xodimlardan alohida hush yorlik va ziyraklikni talab etadi. «Taxtapul» mahallasida hammaga tanish bo‘lgan «Malika» («Premium Prime servis» MCHJ) savdo kompleksi joylashgan. Bu bozorga har kuni minglab fuqarolar kelib-ketadi, shu bois jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash xizmatning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bozor hududi videokuzatuv tizimi bilan to‘liq jihozlangan bo‘lib, do‘konlar qo‘riqlash pultiga ulangan. Bu tizim orqali shubhali holatlar yoki huquqbuzarliklar aniqlanib, tezkor choralar ko‘riladi. Navbatchilik qismi xodimlari uchun har bir qo‘ng‘iroq oddiy xabar emas, balki kimningdir yordamga muhtojligi belgisidir. Ular kelib tushayotgan ma’lumotlarni o‘z vaqtida qayd etib, jinoyat sodir etilgan hollarda tergov-tezkor guruhini voqea joyiga chiqarishni ta’minlaydi.
3-sonli IIBda xizmat qilayotgan podpolkovnik Sharofiddin Toshpo‘latov, mayorlar Aziz Mahkamov va Doniyor Samadov, katta leytenant Islom Nurullayev hamda safdor Bourjon Karimov kabi fidoyi osoyishtalik posbonlarining har biri o‘z yo‘nalishida mas’uliyat bilan ish olib borib, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda namuna ko‘rsatib kelishmoqda. Bugun tumanda tinchlik hukm surayotgan bo‘lsa, bolalar sho‘x-shodon o‘ynayotgan bo‘lsa, oilalar xotirjam tong ottirayotgan bo‘lsa – bunda albatta fidoyi xodimlar zahmati yotibdi. Zero, tinchlik eng katta boylik, uni asrash esa har bir xodimning muqaddas burchidir.