Sir emaski, plastik kartalardan pul mablag‘ larini yechib olish holatlari kun sayin ko‘payib bormoqda. Ko‘p hollarda oila a’zolarimiz, tanishlarimiz-u hamkasblarimiz, chuv tushib qolayotganini eshitamiz.
Bu borada IIV Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi hamda Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xo dimlari hamkorligida ochilayotgan qing‘irliklarni misol tariqasida keltirib o‘tish o‘rinlidir. Yaqinda, Telegram messenjerida android telefon qurilmalari uchun ishlab chiqilgan «.apk» kengaytmali virusli dasturlar orqali telefon qurilmalaridagi SMS xabarlarni o‘qish, kontakt, qo‘ng‘iroqlar tarixi va boshqa ma’lumotlarni qo‘lga kiritib, bank kartalaridagi pul mablag‘larini o‘g‘irlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib kelayotgan kattagina jinoiy guruh aniqlandi.
– Tezkor-texnik tadbirlar natijasida ushbu guruh a’zolaridan 5 nafari qo‘lga olindi, – deydi Toshkent shahar IIBB ATSJQKB boshlig‘ i o‘rinbosari, mayor Jahongir Sa’dullayev. – Shuningdek, ushbu shaxslarning telefon qurilmalari tekshirilganda, 133 ta bank kartalaridan 2 milliard 838 million 278 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘larini o‘g‘irlik yo‘li bilan o‘tkazma qilganliklari hamda jinoiy guruhning har bir a’zosi o‘g‘irlangan pul mablag‘ laridan ulush olib kelganligi ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari, poytaxtimiz hududida qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil qilayotgan chet el bukmekerlik kompaniyalariga xizmat ko‘rsatib, «Desend» platformasi orqali qonunda belgilanmagan tartibda kripto-aktivlar orqali pul mablag‘ larini legallashtirib kelayotgan jinoiy guruh faoliyatiga ham chek qo‘yildi. – Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoiy guruhning 6 nafar a’zosi «Desend» platformasi orqali bir necha oy davomida 180 milliard so‘mdan ortiq kripto-aktivlar aylanmasini amalga oshirganligi aniqlandi, – deydi IIBB ATSJQKB tergov bo‘limi tergovchisi, katta leytenant Ilhom Yusupov. – Gumonlanuv chilardan 38 dona telefon, 1000 dan ortiq bank plastik kartasi va boshqa qurilmalar o‘rnatilgan tartibda ashyoviy dalil sifatida olingan.