11 Oktyabr 2025 Yil 0

Tuzalish yo‘liga tashlangan qadam

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti akademik litseyi majlislar zalida probatsiya hisobida turgan 95 nafar nazorat ostidagi shaxslar ishtirokida jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi sudyalari tomonidan sayyor sud majlisi o‘tkazildi.

– Sayyor sud majlisida 7 ta jinoyat ishi va 5 ta ma’muriy ish ko‘rib chiqildi, – deydi Yakkasaroy tumani IIOFMB Probatsiya guruhi katta inspektori, kapitan Ilhom Fayziyev. – Sud jarayonlari davomida qilmishi uchun chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, o‘zini tuzatishga intilgan va jamoat ishlarida faol qatnashib, ijobiy xulq-atvor ko‘rsatgan 5 nafar mahkum probatsiya guruhi taqdimnomasi asosida muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi. Shuningdek, tayinlangan jazo talablariga rioya qilmagani, cheklash va taqiqlarga amal qilmagan bir nafar nazoratdagi mahkumning o‘talmagan jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi. Yana bir nafar mahkumning jazosi yengilroq turga o‘zgartirildi.
Ko‘rsatilayotgan bunday insonparvarlik namunalari jazo o‘tayotgan fuqarolarning ijobiy tomonga o‘zgarishiga turtki bo‘ladi. Shu bilan birga, bu tadbirlar jazoni ijro etishning muqobil turlaridan foydalanish orqali jamiyatda ijtimoiy adolat va insoniylik tamoyillari ta’minlanayotganidan dalolatdir.

Sarvar SOBIROV, o‘z muxbirimiz.
Ikrom HASANOV olgan surat.

© Postda – На посту, №41 (4735), 2025-yil 9-oktabr

Barcha yangiliklar

Text to speech