Jamoatchilik va mahalla faollari bilan hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan hududda jinoyat kamaysa, aksincha, xizmat vazifalarini yaxshi bajarmagan, jinoyatlarning sodir bo‘lish omillarini aniqlamagan profilaktika inspektori hududida huquqbuzarlik va jinoyat ortishi mumkin. Shu bois profilaktika inspektorlariga mahallaning ichki ishlar organlaridagi vakili sifatida qaralib, ularning samaraliishlashiga keng imkoniyatlar berilyapti.
Ushbu yo‘nalishning yana bir tarmog‘i borki, ular aynan voyaga yetmaganlar va yoshlar masalalari bo‘yicha faoliyat yuritadi. Mirobod tumani IIOFMB HPB Voyaga yetmaganlar va yoshlar profilaktikasini tashkil etish guruhi katta inspektori, podpolkovnik Venera Naberayeva qariyb 25 yildan buyon sohada faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lsa, shundan 18 yili aynan kelajagimiz egalari orasida o‘tdi. Bu yillar mobaynida u qanchadan-qancha taqdirlar bilan duch keldi, ularning muam molari, dard-u tashvishi bilan yashadi. Har gal muammolari hal bo‘lgan insonlarning sevinch ko‘z yoshini ko‘rganida, shu kasbni tanlaganidan mamnunlik hissini tuyadi, qiyinchiliklar unut bo‘ladi. Mazkur guruh inspektori, mayor Aziza Orazbayeva esa otaliqqa olingan yoshlar bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh a’zosi. U ham o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda sidqidildan harakat qilmoqda.
– Jinoyatlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularning aksariyati bekorchilik, oiladagi nosog‘lom muhit, qonun-qoidalarni bila turib buzish orqasidan kelib chiqayotgani ma’lum bo‘ladi, – deydi IIOFMB boshlig‘i o‘rinbosari, mayor Abdurauf Turg‘unov.
– Xodimlarimiz tomonidan o‘tkazilayotgan jinoyat muhokamalarida ana shu masalalarga alohida e’tibor qaratilyapti. Yosh tergovchilarning fuqarolar bilan muomala qilish, hujjatlar bilan ishlash, kasb sirlarini puxta o‘zlashtirishida «ustoz-shogird» an’anasining yo‘lga qo‘yilgani, malakali murabbiylarning biriktirilgani yutuqlar omili bo‘lib xizmat qilmoqda. Xususan, katta tergovchilar, mayorlar Jahongirjon Umarxodjayev va mayor Jasur Begmatov katta leytenant Javohir Yoqubboyev, leytenantlar Abbos Olimjonov, Samandar Shavkatov hamda Zahro xon Nuraliyeva kabi yoshlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish bilan birga, ularga bevosita o‘rnak bo‘lishmoqda. Ichki ishlar organlarida uzoq yillar xizmat qilib, bugungi kunda pensiyaga chiqqan faxriylarning tajribasidan unumli foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
– Sohadaqariyb 33 yil xizmat qildim, – deydi iste’fodagi katta serjant G‘ofir Xudoyberdiyev. – Boshqarmada biz faxriylar uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan. Birga ishlagan tanishlarni ko‘raman, ular bilan o‘tgan yillarni yodga olamiz. Xodimlar, ayniqsa, yoshlar bilan suhbatla shish jarayonida, ularga o‘z tajribalarimizni
gapirib beramiz.
Pensiya pulimiz o‘z vaqtida, kechiktirilmasdan beriladi. Ta’minlash va xizmat ko‘rsatish bo‘linmalari komendanti, safdor Abror To‘layev doim qo‘li ko‘ksida, har qanday yordamga shay. Safdor Bahodir G‘ofurov ham boshqarma hayotida o‘z o‘rniga ega. U Ta’minlash va xizmat ko‘rsatish bo‘linmalari haydovchisi sifatida tuman va shahar miqyosida o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlarda jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash uchun xizmat avtobusida xodimlarning belgilangan manzilga borib-kelishida hozir-u nozir. Transport vositalarining sanitariya holati va ozodaligini saqlaydi.
– Bugungi kunning dol zarb vazifasi «xodimbay» ishlash, – deydi tuman IIOFMB boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, mayor Hojiakbar Rasulov.
– Xizmat intizomiga rioya qilish, muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, xodimning ruhiy holatidan muntazam boxabar bo‘lib borish eng muhim jihatlardan. Kasbiga sadoqatli va fidoyi xodimlarimizdan – podpolkovnik Zokirjon Haydarov, mayor Jasur Begmatov, kapitanlar Oqilxon Qadirov, Salavat Sultonov, katta leytenantlar Dildora Xo‘jayeva, Miraziz Mirjalilov, Akmal Uzoqov hamda leytenant Bekzod Rahimjonovlarning nomlarini alohida ta’kidlab o‘tishni o‘rinli deb bilaman. Guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, xizmatga noloyiq hamkasblariga salbiy ta’sir o‘tkazayotgan va qonunbuzarlikka moyil xodimlardan esa o‘z vaqtida voz kechilmoqda.
Biz tuman IIOFMBning ayrim yo‘nalishlari xodimlari faoliyatiga nazar tashladik, xolos. Tumanda osoyishtalikka mas’ul bo‘lgan butun bir tizim xizmat olib bormoqda. Ular poytaxtning markaziy qismi osoyishtaligi uchun doim shay.
Sarvar SOBIROV, o‘z muxbirimiz.
Ikrom HASANOV olgan suratlar
© Postda – На посту, №37 (4731), 2025-yil 11-sentabr