11 Oktyabr 2025 Yil 0

Osoyishtalikning muhim omili

Hozirgi kunda hech bir sohani zamonaviy axborot texnologiyalarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Ichki ishlar organlari ham bundan mustasno emas. Fikrimizni poytaxtimizning Yangihayot tumani IIOFMB misolida davom ettirsak.

Hududda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, sodir etilganlarini "issiq izida" fosh etishda zamonaviy axborot texnologiyalarining o'rni juda muhim, - deydi Toshkent shahar IIBB Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika xizmati ikkinchi tumanlararo raqamli texnologiyalar guruhi mutaxassisi, katta serjant Nuriddin Hikmatov. Xususan, Yangihayot tumani IIOFMB, hududiy IIB navbatchilik qismlari, surishtiruv xonalari, vaqtincha saqlash xonalariga o'rnatilgan videokuzatuv kameralari, bodikameralarning doimiy soz holda ishlashi kundalik nazoratga olingan. Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan IIOFMB hamda hududiy IIBlardagi navbatchilik qismlarida kunlik profilaktik va texnik tozalash ishlari olib borilmoqda. Ayniqsa, radioaloqa vositalari, kompyuter, server qurilmasi, kamutatorlar, qurilmalar qutisi, telefon apparatlari, monitorlar va lokal tarmoq liniyalariga alohida e'tibor qaratilyapti. Navbatchi xodimlarga maxsus fexnika vositalaridan foydalanish, ularni to'g'ri ishlatish, bunda xavfsizlik qoidalariga rioya etish, nosozliklar aniqlangan holatda zudlik bilan muhandislarga xabar berish haqida tushunchalar berib boriladi.
Ayni paytda tumandagi deyarli barcha mahallalarda videokuzatuv va 360 gradusli tun-u kun yozib boruvchi kameralar o'rnatilgan. Ular shahar IIBB Yagona tezkor boshqaruv markazining «Qalqon» tizirniga integratsiya qilinmoqda. Buning natijasida jinoyat sodir etganligi sababli qidiruvda bo'lgan fuqarolar aniqlanmoqda.
Shuningdek, tumandagi ta'lim va tibbiyot muassasalari, sport inshootlari, mehmonxona, xostel, mehmon uylari, umumiy ovqatlanish maskani hamda tungi klublarda videokuzatuv kameralari o'rnatish taklifi berilgan edi. Shunga asosan, 2 ta sport inshootiga 6 ta, 12 ta ta'lim muassasasiga 34 ta, 7 ta tibbiyot muassasasiga 19 ta, 3 ta mehmonxonaga 8 ta, 10 ta umumiy ovqatlanish maskani hamda tungi klubga 23 ta videokuzatuv kamerasi o'rnatilib, dasturga integratsiya qilindi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida profilaktika inspektorlari vakolatiga kiruvchi ma'muriy huquqbuzarliklar bo'yicha bo'yi ish yurituv to'liq elektron shaklga o'tkazilgan. Ular sud majlislarida masofaviy tarzda qatnashishmoqda. Shunga ko'ra, Oliy sudning <<E-XSUD>> axborot tizimi IIVning <<E-ma'muriy ish>> yagona axborot tizimi bilan to'liq integratsiya qilingan. Sud jarayonlarini masofaviy tarzda o'tkazish maqsadida tumandagi 4 ta IIBda «onlayn sud» tizimi ishga tushirildi. Mazkur integratsion platforma orqali profilaktika inspektorlari vakolatiga kiruvchi ma'muriy huquqbuzarliklarga doir ishlarni sudlarda ko'rib chiqishning amaldagi qog'oz ko'rinishidagi tartibidan voz kechildi. Ularni to'liq elektron shaklga o'tkazish imkoniyati yaratildi.
Tumanda tashkil etiladigan bayramlarini xavfsiz va betalafot o'tkazish uchun tuzilgan ishchi guruh a'zolariga xizmat davomida kerak bo'ladigan statsionar radioaloqa vositalari, telefon tarmog'i, internet tarmog'i, videokonferensaloqa vositalarining uzuluksiz. ishlashi ham nazoratga olingan.
Hududda tinchlik-osoyishtalik va xavfsizlikning ishonchli ta'minlanishi ko'p jihatdan tizimga zamonaviy axborot texnologiyalari hamda yangicha ish uslublarining joriy etilishi bilan bevosita bog'liq.
Yurtimizda davlatimiz rahbari boshchiligida bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarga Toshkent shahar IIBB Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika xizmati xodimlari ham yuqoridagi kabi sa'y-harakatlari bilan munosib hissa qo'shishmoqda.

Sarvar SOBIROV, o'z muxbirimiz

© “Qalqon-Щит” jurnali, №9 (324)-son, 2025-yil, sentabr

Barcha yangiliklar

Text to speech