Uchtepa tumanidagi «O‘rikzor» savdo majmuasi poytaxtimizning eng yirik savdo markazlaridan biri sifatida nafaqat poytaxt ahli, balki butun respublikadan tashrif buyuruvchi odamlar bilan doim gavjum. Shu bois ushbu hududda jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash alohida mas’uliyat talab etadi. Yil boshidan buyon tuman IIOFMB JTSB PPX 2-otryad xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor va profilaktik tadbirlar natijasida bozor hududida 3 ta o‘g‘irlik jinoyati fosh etildi va qidiruvda bo‘lgan 6 nafar shaxs qo‘lga olindi.
– Bu borada otryad inspektorlari, safdorlar Abdujalil Nabiyev, Saidkamolxo‘ja Xolmatov, Muhammadjon Muhiddinov, Alimardon Akbarov hamda A’zamjon Ismoilovlar ning xizmatini alohida qayd etish joiz, – deydi IIOFMB JTSB PPX 2-otryad komandiri o‘rinbosari, leytenant Sherzod Avazov.
Bugungi kunda kiberfiribgarlikning yangi ko‘rinishlari, ayniqsa, plastik kartalar va oldi-sotdi jarayonlari bilan bog‘liq aldov holatlari ko‘p uchramoqda. Shu sababli, bozor profilaktika katta inspektori Abbos Qodirov PPX xodimlari bilan hamkorlikda fuqarolar o‘rtasida muntazam ravishda kiberxavfsizlik bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bormoqda. Xaridorlarga shaxsiy ma’lumotlarini begonalarga bermaslik va shubhali ko‘ringan xaridorlar bilan muloqotda ehtiyotkor bo‘lish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.
Xodimlarning hushyorligi natijasida yaqinda yana bir ko‘ngilsizlikning oldi olindi. Bedarak yo‘qolgan namangan lik yigit-qiz bozorda telefon sotishga urinayotgan vaqtida PPX xodimlari tomonidan aniqlandi. Suhbat jarayonida ular uyidan qochib chiqib ketganligi ma’lum bo‘ldi va holat yuzasidan
zudlik bilan yaqinlariga
xabar berildi. Bu voqea soha xodimlarining nafaqat tartibni saqlash ishiga, balki inson taqdiriga befarq emasligining yaqqol isboti.
Bozor atrofidagi yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash ham diqqat markazida. Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi 4-batalyon 5-safarbarlik guruhi inspektori, serjant Elbek Yorboboyev transport vositalari va piyodalar xavfsizligini ta’minlashga mas’ul. Uning ta’kidlashicha, ko‘pgina piyodalar tomonidan svetoforning taqiqlovchi ishoralariga amal qilmay yo‘lni kesib o‘tish holatlari uchrab turibdi. Bu nafaqat qoidabuzarning, balki boshqa harakat ishtirokchilarining ham sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadi.
Shuningdek, ayrim transport vositalari egalari tomonidan ham qoidabuzarliklar sodir etilmoqda. Xususan, belgilanmagan joylarda to‘xtash, to‘xtab turish qoidalarini bu zish va piyodalarga yo‘l bermaslik holatlari shular jumlasidan. Bunday vaziyatlarda profilaktik suhbat va tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Qo‘pol qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yganlarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilmoqda.
Bozorda xavfsiz bo‘lish uchun faqatgina ichki ishlar organlari xodimlarining harakati kamlik qiladi. Buning uchun har bir sotuvchi va xaridor birdek ogoh va hushyor bo‘lishi kerak. Shundagina bozorga kelgan har bir inson uyiga xotirjam va yaxshi kayfiyat bilan qaytadi.
Sarvar SOBIROV, o‘z muxbirimiz.
Abu KENJAYEV olgan suratlar
© «Postda – На посту», №7 (4753), 2026-yil 12-fevral