Sergeli tumani IIO FMB JTSB PPX otryadining xodimlari, katta serjant Husan Turg‘unov hamda safdor Muxan Mahamatov o‘zlariga biriktirilgan hududda xizmat olib borarkan, har bir shubhali holatga bee’tibor bo‘lishmaydi. Chunki nazardan qochirilgan har qanday holat katta oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaxshi anglashadi.
Shu bois osoyishtalik posbonlari xizmat vaqtida doimo hushyorlik bilan harakat qilishadi. Tunning qaysi pallasi bo‘lishidan qat’i nazar, xavfsizlik ular ning diqqat markazida. Ko‘pincha oddiygina kuzatuv yoki tezkor qaror tufayli jinoyat yoki huquqbuzarlik ning oldi olinadi. Katta serjant H. Turg‘unov 2025-yilning o‘tgan 9 oyi davomida 9500 nafardan ortiq fuqaroni planshet orqali tekshirib, shaxsiga aniqlik kiritgan. Shu bilan birga, 275 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan. «Tig‘» tadbiri doirasida 14 nafar fuqaroda o‘tkir tig‘li buyumlar mavjudligini aniqlagan. Shuningdek, 3 nafar qidiruvda bo‘lgan shaxsni planshet orqali tekshirib, tuman IIOFMBga topshirgan.
Safdor M. Mahamatov ham 11 ming nafarga yaqin fuqaroni planshet yordamida tekshirgan. 263 ta ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha tegishli bayonnomalarni rasmiylashtirgan hamda «Tig‘» tadbiri chog‘ida 12 nafar fuqaroning sovuq qurol olib yurganini aniqlab, belgilangan tartibda chora ko‘rgan. Shuningdek, planshet yordamida 2 nafar qidiruvda bo‘lgan shaxsni aniqlab, ularni tegishli tartibda ichki ishlar organlariga olib borgan.