Yangi O‘zbekistonda mahalla davlat bilan xalqni bog‘lovchi eng mustahkam va ishonchli ko‘prikka aylandi. Davlatimiz
rahbari tomonidan ilgari surilayotgan islohotlarning bosh mezoni har bir muam moni bevosita mahallaning o‘zida, aholiga yaqin bo‘lgan birinchi bo‘g‘inning o‘zida hal etishga qaratilgan. Bu tamoyil shunchaki nazariy qarash emas, balki inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan amaliy harakatlar ifodasidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori ijrosi va «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili» doirasida IIV ishchi guruhi tomonidan Toshkent shahrining Chilonzor tumanida olib borilayotgan kompleks chora-tadbirlar «mahallabay» ishlash tizimining yangi bosqichga chiqqanini yaqqol isbotlamoqda.
«QIZIL»DAN «YASHIL»GA: MUVAFFAQIYAT FORMULASI
«Qozirobod» mahallasi ning bugungi qiyofasiga boqsangiz, ko‘zingiz quvonadi. Ammo bu fayz va tarovat o‘z-o‘zidan, bir kunda paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Bu – tinimsiz mehnat, izchil islohot va mahalla ahlining birdamligi mevasidir. Hudud «qizil» toifadagi murakkab mahallalardan biri edi. 2025-yilda «sariq» toifaga, joriy yil boshidan esa to‘liq «yashil» toifaga o‘tdi. Buning zamirida mahalla yettiligi va ishchi guruhning samarali mehnati yotibdi.
– Mahallamizning qiyofasi o‘zgardi, ko‘chalarimiz ravon bo‘ldi, lekin eng muhimi – odamlarning dunyoqarashi va xavfsizlikka bo‘lgan ishon chi o‘zgardi, – deydi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Abdusamad Mutalov. – Mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj har bir oila doimiy diqqat markazimizda. Biz nafaqat ularga moddiy ko‘mak beryapmiz, balki ruhiy dalda ham bo‘lyapmiz. Masalan, ichkilikka ruju qo‘ygan fuqarolarimiz bilan olib borilgan suhbatlar natijasida oilalar dagi zo‘ravonlik to‘xtashiga erishilmoqda. Ota uyiga mast bo‘lib emas, balki mehr bilan qaytishi – biz uchun eng katta g‘alaba. Odamlar «Mening mahallam – mening qo‘rg‘onim» degan tuyg‘uni his qila boshladi. «Yashil» toifaga o‘tganimiz tinchlikni asrash mas’uliyatini yanada oshiradi. Endigi maqsadimiz – bu barqarorlikni mustahkam saqlab qolish.
IJTIMOIY PROFILAKTIKA VA RAQAMLI XAVFSIZLIK
Mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning bar vaqt oldini olishda zamonaviy texnologiyalar va insoniy yondashuv birlashtirilgan. Xususan, ichkilikka ruju qo‘ygan 5 ta xonadon bilan ishlashda nafaqat profilaktik suhbatlar, balki texnik xavfsiz lik choralari ham ko‘rilgan. Ushbu xonadonlarga «tashvish tugmalari » o‘rnatilgani ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olishda muhim to‘siq bo‘lmoqda.
– Xavfsizlik – faqatgina ko‘chada bexavotir yurish, sog‘-omon uyga qaytish emas, – deydi mahalla profilaktika inspektori, podpolkovnik Ziyodulla Meyliyev. – Xavfsizlik, eng avvalo, uydagi tinchlik, oilaviy xotirjamlikdir. Xususan, keyingi eng katta yangiliklardan biri «Mening inspektorim» mobil ilovasiga ulanish jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Bu shunchaki texnik jarayon emas, balki fuqaro va ichki ishlar organi o‘rtasidagi ishonchli ko‘prikdir. Ilova orqali har bir fuqaro hudud inspektori bilan doimiy onlayn muloqotda bo‘lib, muam mosini soniyalar ichida yetkazish imkoniga ega.
Tahlillarga nazar tashlasak, mahallaning ilgari «qizil» toifaga kirib qolganiga mahalla ahli emas, balki hududning geografik joylashuvi va tashqi omillar asosiy sabab bo‘lgan edi. Xususan, «Bunyodkor» stadioni atrofidagi ulkan avtoturargoh yillar davomida nazoratsiz hudud bo‘lib kelgani sir emas. Bu yerda asosiy jinoyatchilik «o‘chog‘i» turli viloyatlardan kelib, tungi vaqtlarda avtoturargohda qo‘nim topgan shaxsi noma’lum kimsalar ning xatti-harakatlari natijasida yuzaga kelardi. Aynan nazoratsiz qolgan ushbu «nuqta» o‘g‘irlik, talonchilik va tan jarohati yetkazish kabi jinoyatlarning markaziga aylanib, mahallaning tinchligiga raxna solardi.
Biroq bugungi kunda vaziyat tubdan o‘zgardi. Hududga yuqori aniqlikdagi kuzatuv kameralari va eng zamonaviy «Face ID» (yuzni tanish) tizimlari o‘rnatildi. Endilikda nafaqat mahalla fuqarosi, balki tashqaridan kelgan har bir shaxsning qadami raqamli xotiraga muhrlanadi. Ayniqsa, tungi nazoratning keskin kuchaytirilishi va avtoturargohning tizimli boshqaruvga o‘tkazilishi jinoyat sodir etish istagida bo‘lganlar uchun yo‘llarni butunlay yopdi. Endilikda mahalla ahli begonalar keltirib chiqaradigan xavotirlardan xoli, osuda muhitda yashamoqda.
INFRATUZILMA – IJTIMOIY BARQARORLIK OMILI
Infratuzilmaning izga tushishi – shunchaki mahalla ning qiyofasini o‘zgartirib qolmay, balki hududdagi ijtimoiy barqarorlik va ruhiy xotirjamlikning bosh omili ga aylanmoqda. Zero, jinoyatchilikning ildizi faqat huquqiy madaniyatning yetish masligida emas, balki aholining kundalik turmushidagi yechimini topmagan ijtimoiy muammolar va maishiy nosozliklar zamirida ham yotadi. Mahalladagi ijtimoiy muammolar kompleks yondashuv asosida hal etildi. Jumladan, 473-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yaqinidagi xavfli chorrahaga mahalla raisi tashabbusi bilan svetofor o‘rnatildi. Natijada ilgari mazkur hududda ko‘p uchraydigan yo‘l-transport hodisalariga butunlay barham berildi.
Shuningdek, «Veolia» kompaniyasi bilan hamkorlikda zamonaviy kichik issiqlik qozonxonasi barpo etildi. Eskirgan transformatorlar yangilanishi bilan yillar davomida aholini qiynab kelgan issiqlik va elektr ta’minotidagi uzilishlar bartaraf etildi. Bu kabi amaliy ishlar odamlarda davlatga va mahalla tizimiga bo‘lgan ishonchni yanada oshirdi. Ko‘chalarning to‘liq asfaltlanib, obod maskanga aylantirilishi esa aholi o‘rtasida ertangi kunga shukronalik hissini uyg‘otib, bekorchilik va tushkunlik kabi illatlar o‘rnini yaratuvchanlik va mahalla taqdiriga daxldorlik tuyg‘usiga bo‘shatib berdi.
«Qozirobod» mahallasida bo‘y ko‘rsatayotgan ijobiy o‘zgarishlar Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarning pastki bo‘g‘indagi hayotiy ifodasidir.
Zero, inson qadri – xavfsiz muhit va osoyishta mahalla poydevoriga qurilgan bo‘lsagina, o‘zligini namo yon etadi. Bugun qozirobodliklar o‘z mahallasining «yashil» maqomi bilan haqli ravishda faxrlanadi. Chunki bu tinchlik va farovonlik – mahalla ahlining hamjihatligi, yettilik ning fidoyiligi hamda davlat g‘amxo‘rligi uyg‘unlashgan joyda qad rostlamoqda.
Sarvar SOBIROV, o‘z muxbirimiz
© «Postda – На посту», №6 (4752), 2026-yil 5-fevral