13 Fevral 2026 Yil 0

Bir tunda ikki jinoyat

Qish oqshomi. Odamlar osuda uyquda. Faqat aholining tinchligi va xavfsizligini ta’minlash yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlarigina bedor edi. Ular yaxshi bilardi – osoyishtalik hamisha hushyorlik evaziga saqlanadi.

Soat tungi taxminan ikkilar atrofi. Poytaxtimizning Sergeli tumani IIOFMB xodimlari xizmat vazifasini bajarayotgan paytda tuman hududidagi «Atlantis» mehmonxonasida tekshiruv o‘tkazildi. Mehmonxonaning ikkinchi qavatiga joylashgan, 1999-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan fuqaro T. Xodjayev yashab turgan xona ko‘zdan kechirilganda, stol ustida oq rangli, kukunsimon psixotrop modda borligi aniqlandi.

Xodimlarning savollari fuqaroni sarosimaga soldi. U kalovlanib qolib, bir-biriga mos kelmaydigan turli 􀏐ikrlarni bildirib, zahri qotil unga tegishli emasligini isbotlashga urindi. Biroq ashyoviy dalillar o‘z so‘zini aytgan edi. Mazkur holat yuzasidan T. Xodjayevga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi. Shundan so‘ng uning nazarida ish tobora chigallasha boshladi. Qilmishini bosdi-bosdi qilish va javobgarlikdan qutulib qolish maqsadida turli rejalar tuzdi. Shu niyatda Sergeli tumani IIOFMB 3-son IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, mayor Abrorjon Azamovga murojaat qilib, o‘ziga nisbatan chora ko‘rilmasligi evaziga 6 ming AQSH dollari miqdorida pora taklif qildi. Mayor A. Azamov fuqaroning bu takli􀏐i qonunga zid ekanini, bunday harakat jinoyat ustiga jinoyat qo‘shishini tushuntirdi. Ammo T. Xodjayev qayta-qayta pora taklif qilishdan to‘xtamadi. Mayor A. Azamovning bildirgisi asosida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro T. Xodjayev 4 ming AQSH dollarini pora sifatida berayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi.

Bu voqea bir haqiqatni yana bir bor isbotladi: qonunni aylanib o‘tishga urinish insonni yanada chuqur botqoq qa tortadi. Jinoyat boshqa bir jinoyat uchun javobgarlikdan qutqar maydi, balki uni og‘irlashtiradi. Ichki ishlar organlari xodimlarining halolligi va xizmat burchiga sodiqligi esa jamiyatda adolat, qonun ustuvor bo‘lishini ta’minlaydi. Qonun ustuvor bo‘lgan joyda esa jinoyatga jazo muqarrardir.

Adolat FAYZIYEVA, o‘z muxbirimiz

© «Postda – На посту», №6 (4752), 2026-yil 5-fevral

Barcha yangiliklar

Text to speech