Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetida Yakkasaroy tumanidagi mahallalar hududida turli turdagi sodir etilgan jinoyat muhokamasi o‘tkazildi.
Unda tuman hokimi Nilufar Allabergenova, tuman prokurori Bekzod Shamsiyev, IIO FMB boshlig‘i Alisher Murodov, tuman soliq inspeksiyasi rahbari Jamshid Ergashev hamda boshqa tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari – ya’ni “mahalla yettiligi” vakillari ishtirok etdi.
Jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga, unga qarshi kurashishga har bir fuqaro o‘z mas’ulligini his etishi lozimligi, jahl ustida sodir etilgan jinoyat ko‘pchilikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida aytib o‘tildi. Kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlar, ijtimoiy tarmoqlarda firibgarlar tomonidan qo‘yilayotgan tuzoqlarga aldanib qolmaslik va shaxsiy ma’lumotlarni begona shaxslarga bermaslik to‘g‘risida ogohlantirildi.
Yig‘ilish so‘nggida tuman hokimi N.Allabergenova jinoyat sodir etishga moyilligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash, bu bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish mas’uliyatli vazifa hisoblanishi, bunday vaziyatlarni oldini olishda barcha birdek mas’ul ekanligiga to‘xtaldi.
Muhokama so‘ngida bildirilgan taklif va mulohazalar yuzasidan mas’ullar tegishli vazifalar belgilab olindi.