Joriy yilning 25 may kuni IIV ning 1-sonli Toshkent akademik litseyida sportning “Sambo” turi bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahslarda Toshkent shahar terma jamoasi vakillari Buyuk Britaniyaning London shahridagi "Fightning Academy" klubi sambochilari bilan bellashdilar. Mazkur sport bayramiga Olimpiya o‘yinlari sovrindori, Xalqaro dzyudo federatsiyasida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Armen Bagdasarov, O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi raisi Alisher Alimov, shuningdek, sport ustasi Maʼruf Mahmudov, assotsiatsiyaning Toshkent shahar bo‘limi ijrochi direktori Maksim Zyablov hamda terma jamoamiz bosh murabbiyi Roman Shakirovlar mehmon sifatida tashrif buyurishdi.
Mehmonlar musobaqada "Fighting Academy" klubi prezidenti Oley Sibilev boshchiligida ishtirok etishdi. Uchrashuvda Toshkent shahri jamoasi oltin medallar hisobiga ko‘ra, 2:1 natijasi bilan g‘alabaga erishdi.
Jumladan, bellashuvda akademik litseyning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi Umid Sultonov finalda amaldagi 3 karra jahon chempioni bilan bellashdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Kumush medal sohibi U.Sultonovni mazkur natija bilan muborakbod etib, uning kelgusi sport faoliyatida muvaffaqiyat hamda ulkan zafarlar tilab qolamiz.