19 Fevral 2026 Yil 232

Yoshlarni asr vabosidan asraylik

Yurtimizda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish milliy strategiyamizning ustuvor vazifalaridan biridir. Shuningdek, bu illatga qarshi kurashish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish orqali, aholi, birinchi navbatda yoshlar salomatligini hamda millat genofondini samarali himoya qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani ham muhim. Bu boradagi ishlarni jadallashtirish yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida, poytaxt hududida joriy yilning 1 fevralidan 1 martiga qadar “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish”ga qaratilgan kompleks tezkor-profilaktik tadbirlar oyligi amalga oshirilmoqda. Oylik doirasida Yunusobod tumanida joylashgan Toshkent Arxitektura-qurilish universiteti talaba yoshlari ishtirokida ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv tashkil etildi. O‘quv dargohi maʼmuriyati, talabalar oldida so‘zga chiqqan tuman IIO FMB boshlig‘i, polkovnik Mahkam Vafoyev giyohvandlik va psixotrop moddalarning inson salomatligi, kelajagi hamda jamiyat taraqqiyotiga yetkazadigan jiddiy zararlari haqida atroflicha to‘xtaldi. Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik jinoyatlarining oldini olish, ularni turli yot g‘oya va illatlar taʼsiridan asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalariga alohida urg‘u berildi. Shuningdek, qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari bo‘yicha maʼlumotlar taqdim etildi. Yig‘ilganlar eʼtiboriga giyohvandlikning ayanchli oqibatlari, inson taqdiri, oila muhiti, farzandlar tarbiyasiga yetkazadigan zararli taʼsiri hayotiy misollar orqali yoritilgan videorolik namoyish etildi. Videolavha talabalarda katta taʼsurot qoldirdi. Uchrashuv so‘ngida talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Tadbir yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularni zararli odatlardan asrash hamda sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirishga xizmat qilishi, shubhasiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech