2 Dekabr 2025 Yil 190

Yosh xodimlarning kitobxonlik tanlovi

Toshkent shahar ichki ishlar organlari yosh xodimlarining maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashini yuksaltirish, mamlakatimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimizning noyob asarlarini o‘rganish hamda keng tatbiq etish orqali yoshlarni o‘zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Ular orasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish, jahon va o‘zbek adabiyotiga bo‘lgan qiziqishlarini yana-da qo‘llab-quvvatlash maqsadida yosh xodimlar o‘rtasida "Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Ishtirokchilar uchta shartlar bo‘yicha: tezkor savol-javob, badiiy kitoblar bilimdoni va sheʼriyat yo‘nalishlarida bellashishdi. Tanlovning har bir ishtirokchisi shartlar bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatlarini munosib namoyon etishdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra 1-o‘rinni Yakkasaroy tumani IIO FMB 4-son IIB boshlig‘i o‘rinbosari, kapitan X.Usmonov qo‘lga kiritdi. 2-o‘rin Yunusobod tumani IIO FMB profilaktika inspektori, leytenant Sh.Xolmatovga, 3-o‘rin Yunusobod tumani IIO FMB profilaktika inspektori, leytenant K.Keldiyevlarga nasib etdi. G‘oliblar bosh boshqarmaning tegishli diplom, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Barcha yangiliklar

Text to speech