Yakkasaroy tumani IIO FMB shaxsiy tarkibi bilan yangi yilning ilk Ma’naviyat va ma’rifat tadbiri bo‘lib o‘tdi
Tadbirda Ichki ishlar vazirining Yangi yil tabrigi shaxsiy tarkib va ularning oila a’zolariga o‘qib eshittirildi. Shuningdek tadbir davomida taklif etilgan mutaxassis tomonidan “Yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga o‘rgatish – davr talabi” mavzusi keng yoritib berildi.
Keyinchalik, 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar shaxsiy tarkib o‘rtasida keng muhokama qilinib, 2026 yilda qilinadigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Shundan so‘ng, 2025 yil davomida ijobiy natijalarga erishgan, o‘zining xizmat intizomi bilan boshqa xodimlarga namuna bo‘lgan bir qator xodimlar va ularning oila a’zolari boshqarma boshlig‘ining "Faxriy yorlig‘i" hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.