Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Xodimlarning ijtimoiy himoyasi doimiy eʼtiborda” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi vakili katta o‘qituvchi podpolkovnik Shuhrat Jo‘raqulov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, ichki ishlar organlari xodimlariga ko‘rsatilayotgan keng ko‘lamli eʼtibor, rag‘bat hamda imtiyozlar ularning yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yo‘lidagi saʼy-harakatlarida muhim poydevor bo‘lib xizmat qilayotganligini taʼkidlab o‘tdi.
Tadbir yakunida yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.