24 Noyabr 2025 Yil 309

Vaqtincha avtoulovlar harakati cheklanadi!

Joriy yilning noyabr-dekabr oylari davomida Yangi O‘zbekiston “Olimpiya cho‘qqilari" sport musobaqalarining Respublika final (uchinchi) bosqichi "Prezident Olimpiadasi" musobaqalari o‘tkaziladi. Musobaqalarning birinchi va ikkinchi bosqichlarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazilishi sababli quyidagi manzilda 24-noyabrdan 4-dekabrga qadar vaqtincha avtoulovlar harakati cheklanadi.

📍"Yangi O‘zbekiston” ko‘chasidan yangi Mehmonxonalarga harakatlanish (“Yangi O‘zbekiston bog‘i” chegarasi bo‘ylab) hamda Milliy bog‘ ko‘chasidan yangi mehmonxonalarga harakatlanish vaqtincha avtoulovlar uchun cheklanadi (maxsus avtoulovlar bundan mustasno).

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz! Musobaqa ishtirokchilariga muvaffaqiyat tilab qolamiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech