30 May 2025 Yil 1009

Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi "Nurafshon" mahallasida joylashgan hostellardan birining faoliyati qonuniyligi va yashash tartibi nazorati hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha faoliyati o‘rganildi.

       Poytaxt tumanlari hokimlari, IIB, DSI, prokuratura rahbarlari, adliya boshqarmasi va boshqa tuzilmalar vakillarining qo‘shma tashrifi doirasida noqonuniy "rezina uylar" paydo bo‘lishining oldini olish, hostellar va mehmon uylarining faoliyat shaffofligini ta’minlash, shuningdek, aholi xavfsizligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

       Asosiy qadamlar qatoriga yagona raqamli tizimga ulangan videokuzatuv kameralarini o‘rnatish, xonalar maydoni bo‘yicha me’yorlarga rioya qilish, yashovchilar uchun sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaratish, favqulodda xizmatlar va Turizm boshqarmasi Call- markazi bilan bog‘lanish imkoniyatini ta’minlash, shuningdek, mehmon uylari egalari bo‘lgan tadbirkorlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash kiradi.

       Hokim ta’kidlaganidek, bu "mahalla yettiligi" tizimi faoliyatidan kutilayotgan natija bo‘lib, bunda odamlar ham ishlaydigan, ham yashaydigan obyektlarga alohida e’tibor qaratish lozim.

       Huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish va xavfsiz shahar muhitini yaratish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va soliq idoralari bilan yaqin hamkorlikda ushbu mehmon uyi tajribasi butun poytaxt bo‘ylab joriy etilishi kutilmoqda.

© Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Barcha yangiliklar

Text to speech