10 Fevral 2025 Yil 1679

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Navoiy merosi – millat xazinasi” hamda “Bobur – adolatli shoh va buyuk shoir” mavzulariga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Dilshod Rajabov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat hamda jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz rivojida alohida o‘rin tutishini, shuningdek shoir o‘zining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi, latofati bilan namoyon etib, millionlab kitobxonlar qalbidan joy egallaganligini taʼkidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida yig‘ilish ishtirokchilarga “Alisher Navoiy” va “Zahiriddin Muhammad Bobur” nomli videoroliklar hamda “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech