1 Dekabr 2025 Yil 314

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan “Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti vakili dotsent To‘lqin Tog‘ayev maʼruza qildi. U o‘z nutqida, Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir hamda pedagog, maʼrifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy - jamiyatni rivojlantirishga xizmat qilgan, yangiliklarni hayotga tatbiq etishga, dunyoda tenglar ichra teng bo‘lgan davlatni qurishga intiladigan, qiyinchiliklardan qo‘rqmay, yangilik yaratuvchi jasoratli shaxs bo‘lganligini alohida taʼkidlab o‘tdi. Tadbir yakunida yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Shuningdek, Toshkent shahar IIBB binosida kitob yarmarkasi tashkil etildi. Kitob yarmarkasida mamlakatimizdagi yirik nashriyot va matbaa korxonalari mahsulotlari namoyish etildi. Kitobsevarlar huquqiy mavzudagi yangi nashrlar, ilmiy-ommabop kitoblar, o‘zbek adabiyoti klassiklari, xorij mualliflarning asarlarini xarid qilish imkoniga ega bo‘ldilar.

Barcha yangiliklar

Text to speech