15 Yanvar 2026 Yil 6702

HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI KUNI DOIRASIDA YO‘RIQNOMALAR O‘TKAZILDI

2025-yil 17-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant A.A. Tashpulatov hamda Toshkent shahar IIBB boshlig‘i, polkovnik R.I. Sultanxodjayev tomonidan berilgan topshiriqlarga muvofiq, 2026-yil 15-yanvar kuni Uchtepa tumanida payshanba kuni — “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan keng qamrovli profilaktik tadbirlar tashkil etildi.

Mazkur tadbirlar doirasida tumanning mahallalari, bozor va savdo majmualarida xizmat olib borayotgan xodimlar uchun Uchtepa tumani IIO FMB boshlig‘i, podpolkovnik A.A. Baxramov hamda uning o‘rinbosarlari tomonidan yo‘riqnomalar o‘tkazildi.

Yo‘riqnomalarda tumanda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ochilmagan jinoyatlarni fosh etish bo‘yicha samarali ishlarni kuchaytirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlash, fuqarolar bilan ishlashda mas’uliyat va hushyorlikni yanada oshirish bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur tadbirlar hududda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan izchil ishlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

© Uchtepa tumani hokimligi Matbuot xizmati/Rasmiy kanali

Barcha yangiliklar

Text to speech