Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi urush faxriysi Burikin Anatoliy Ivanovichga Prezident tabrigi va sovg‘alari yetkazildi
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o'rinbosari general-mayor Bahodir Mirzarahimov va harbiylar hamda Uchtepa tuman hokimi Bunyod Mamadjanov, tuman mudofaa ishlari bo‘limi turli idora va tashkilot mas’ullari, jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirokida urush faxriysi yo‘qlandi.
Prezidentimizning Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi hamda pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Shuningdek, urush faxriysi tuman hokimligi, tegishli tashkilotlar tomonidan ham alohida rag‘batlantirildi.