Uchtepa tumanida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini manzilli o‘rganish va tezkor hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Unda Uchtepa tumani hokimi Bunyod Mamadjanov, tuman prokurori Saidkarim Muxtarov, tuman IIB boshlig‘i Akmal Bahramov hamda Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i G‘iyos Dosmuhamedov ishtirok etib, mahallalardagi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.
Qabul davomida: ➖ bandlik, tadbirkorlik va imtiyozli kreditlar, ➖ ta’lim va kasb-hunar yo‘naltirish, ➖ huquqiy maslahatlar, ➖ ijtimoiy va oilaviy muammolar bo‘yicha murojaatlar tinglandi va har biri mas’ullar tomonidan nazoratga olindi.
Tuman rahbariyati yoshlar bilan ishlash komissiyasi orqali barcha masalalar manzilli yechim topishi, murojaatchilar bilan individual ishlanishi va ijro muddati qat’iy nazorat qilinishini ta’kidladi.
Yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar kelgusida yangi tashabbus va loyihalarni shakllantirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.