1 Iyul 2025 Yil 1415

Tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar uchun yo‘riqnoma o‘tkazildi

Shahrimizda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligi va osoyishtaligini taʼminlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tunu kun xizmat olib bormoqda. Patrul-post xizmati brigadasida poytaxt hududida xizmatga jalb qilingan ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari uchun tungi yo‘riqnoma bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahar IIBB boshlig‘i polkovnik Ravshan Sultanxodjayev va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari ishtirok etdi.

Bosh boshqarma boshlig‘i o‘z nutqida Prezidentimiz tomonidan imzolangan 1-sonli qaror ijrosini taʼminlashda barcha IIO xodimlari masʼuliyat bilan yondashishi, tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar mahalla hududlari, ko‘ngilochar maskanlar, savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari hamda aholi gavjum joylarda profilaktik suhbatlar o‘tkazishini, har bir xodim tinchlik va osoyishtalikni saqlashda sergak bo‘lishi lozimligini alohida taʼkidladi.

Barcha yangiliklar

Text to speech