14 May 2025 Yil 736

Tumanlar kesimida o‘tkazilayotgan tadbirlar

Prezidentimizning joriy yil yanvardagi mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorining ijrosini taʼminlash borasida poytaxt IIBB tomonidan qator tadbirlar belgilangan. “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish”, “Maʼnaviyat oyligi”, “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi kabi ko‘plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shunday tadbirlardan biri Toshkent Kimyo xalqaro unversitetida ham bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahar IIBB JTSB boshlig‘i, podpolkovnik B.Anvarov va universitet rektori K.Axmedjanov ishtirok etdi. Universitet talabalari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot talaba yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni yot, buzg‘unchi g‘oyalar, giyohvandlik moddalari taʼsiridan saqlash masalalariga qaratildi. Muloqot chog‘ida maʼruzachilar giyohvandlikning inson ongi va ruhiyatiga taʼsiri, ayanchli oqibatlari, ijtimoiy tarmoqlardagi tahdidlar va kiberfiribgarliklardan ogoh bo‘lishga chaqirdi. Shu bilan birga talabalarni o‘ylantirayotgan masalalar, ularning muammolari bilan qiziqib, birgalikda hal qilish choralarini belgiladi. Shuningdek, “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida Yangihayot tumani IIO FMB hamda “Qo‘riqlash” xizmati xodimlari bilan birgalikda tumandagi mavjud hovlilar, ko‘p qavatli uylar xonadonlari, noturar obyektlarni qo‘riqlash pultiga ulash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi. Tumandaga xonadonlarning 732 tasi, mingdan ortiq noturar obyektlarning 509 tasi tuman qo‘riqlash markaziga ulangani past ko‘rsatkich ekanligi qayd etildi. Xodimlar va mutasaddilar oldiga bu yo‘nalishdagi ishlar surʼatini kuchaytirish vazifasi qo‘yildi. Xususan, ko‘cha va jamoat joylarida fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga doir chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Xuddi shunday tadbir poytaxtning Chilonzor tumanida ham o‘tkazildi. Aholi yashash xonadonlari, noturar obyektlarni qo‘riqlovga olish ishlari tuman IIO FMB hamda “Qo‘riqlash" bo‘limi tomonidan o‘rganilib, bu ishlarni jadallashtirish, aholi orasida ishonchli va kafolatli qo‘riqlov xizmati, uning afzalliklari, qulayligi va hamyonbopligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borish vazifalari belgilandi. Bu boradagi ishlar poytaxtning barcha tumanlarida davom ettirilmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech