30 May 2025 Yil 1351

Toshkent shahar IIBBga qoshidagi Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi — ishchi guruhning navbatdagi tashrif joyi

       Tashrif doirasida ishchi guruh markazga vaqtinchalik joylashtirilgan bolalar — og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan voyaga yetmaganlar, shu jumladan, qarovsiz qolgan va xulq-atvori buzilgan o‘smirlarning yashash sharoitlari bilan tanishdi.

       Shuningdek, "Xavfsiz oila" maxsus profilaktika oyligi haqida ma’lumot berildi. Ushbu tadbir davomida bolalar va ularning ota-onalari uchun huquqbuzarliklarni oldini olish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tibbiy ko‘riklar, sayohatlar hamda psixologik treninglar o‘tkazildi.

       Ish jarayonida jiddiy ijtimoiy qiyinchiliklarga duch kelgan — nosog‘lom muhit, turli qaramliklar va oilaviy munosabatlardagi buzilishlar muammolariga ega bo‘lgan 1460 ta oila qamrab olindi. Ular orasida ota-onalari qaramlikka chalingan, farzandlari og‘ir ahvolda bo‘lgan oilalar, shu jumladan, vaqtinchalik uydan tashqarida yashovchi va hatto ba’zi oilalarga qaytishni xohlamaydiganlar ham bor.

       Oylik doirasida 15 ta shunday oila qamrab olinib, turmush sharoitini yaxshilash va salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida ularga har tomonlama yordam ko‘rsatildi.

       Toshkent shahar hokimi Sh.Umurzakov bolalarni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish, shu orqali ijtimoiy reabilitatsiya va takroriy huquqbuzarliklarning oldini olish vazifalarini qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.

       Bunday dasturlarning maqsadi bolalar va ularning oilalari uchun xavfsiz va qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratish, ijtimoiy reabilitatsiyaga ko‘maklashish hamda takroriy huquqbuzarliklarning oldini olishdan iborat.

       Tashrif yakunida bolalarga shahar mutasaddilari tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

© Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Barcha yangiliklar

Text to speech