Toshkent shahrida zamonaviy xavfsizlik tizimlari joriy etilmoqda
Jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini yanada samarali ta’minlash maqsadida, Toshkent shahrida 360 gradusli videokuzatuv funksiyasiga ega bo‘lgan, to‘g‘ridan to‘g‘ri IIV huzuridagi Qo‘riqlash Departamenti monitoring markazi bilan videoaloqa o‘rnatish imkoniyatiga ega tashvish tugmalari o‘rnatilmoqda.
Mazkur tizim mavjud holatlarni markaz tomonidan real vaqt rejimida videokuzatuv orqali kuzatish, holat yuzasidan videoaloqa orqali tezkor va aniq axborot olish imkonini beradi.
Tashvish tugma bosilganda Qo‘riqlash Departamenti tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari tomonidan qisqa vaqt ichida yetib borish va zarur chora-tadbirlarni ko‘rish ta’minlanadi.