Toshkent shahar IIBB boshlig'i polkovnik Ravshan Sultanxоdjayevning O'zbekiston xalqiga bayram tabrigi
Aziz hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari, muhtaram faxriylar hamda xizmat vaqtida qahramonlarcha halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolari!
Azizlar, Sizlarni 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi hamda o‘z nomimdan samimiy tabriklayman. Bugun Ikkinchi jahon urushida Vatan ozodligi, yurtimiz tinchligi uchun jon fido qilgan, mana shudorulomonkunlarga yetib kelolmagan yurtdoshlarimiz, front ortida fidoyilik ko‘rsatgan nuroniylarimizning, shuningdek xizmat vaqtida qahramonlarcha jon fido qilgan xodimlarimizning xotirasi va pok ruhlari oldida taʼzim bajo keltiramiz. Bugun safimizda bo‘lmagan xodimlarimizning jasorati, Vatanimiz vaxalqimizmanfaatlari himoyasidagi mardliklari hech qachon unutilmaydi. Ajdodlarni xotirlash va keksalarni eʼzozlash – ulug‘ qadriyat hisoblanadi.
Shu o‘rinda yurt tinchligi va osoyishtaligini saqlash yo‘lida tunu kun mehnat qilgan ichki ishlar organlari faxriylarining mashaqqatli va zalvorli xizmatlarini yana bir bor taʼkidlab o‘tamiz. Ularning tajribalari yosh xodimlar uchun ibrat maktabi bo‘lib qoladi.
Aziz faxriylar, Yangi O‘zbekistonimizni har tomonlama rivojlantirish, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida, barkamol insonlar etib tarbiyalashga qo‘shayotgan beqiyos hissangizni eʼtirof etamiz va yuksak baholaymiz.
Bugungi ayyom bilan barchangizni yana bir bor tabriklab, Sizlarga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilangizga tinchlik-totuvlik, dasturxoningizga qut-baraka tilayman.