12 Yanvar 2026 Yil 2581

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida o‘tkazilgan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir "14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni" bayramiga bag‘ishlandi

IIBB majlislar zalida shaxsiy tarkib ishtirokida bo‘lib o‘tgan “Ma’naviyat va ma’rifat darsi”ning navbatdagisi ”Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni” mavzusiga bag‘ishlandi. Mazkur mavzuni Mudofaa vazirligi G‘alaba bog‘i yodgorligi majmuasi bosh ilmiy xodimi Hasan Babadjanov yoritdi. Ma’ruzachi O‘zbekiston respublikasi Qurolli Kuchlari hamda Xalqimizning birligi, kuchli va barqaror davlatimiz, umumiy farovonligimiz, tinch-totuv hayotimiz poydevori ekanligi, Armiyamizning zamonaviy mudofaa tizimini yanada rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, vatanparvar, jasur, salohiyatli kadrlar bilan jamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi. So‘ngra Bosh boshqarma Tashkiliy boshqarma Yuridik ta’minlash bo‘limi katta yuriskonsulti, leytenant Shoxruh Rahmatov yig‘ilganlarga joriy yilning 5 yanvarida Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun mohiyatini yig‘ilganlar diqqatiga havola qildi.

Tadbir yakunida shaxsiy tarkib e’tiboriga yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash, yo‘l harakati qoidalarga rioya qilmaslikning ko‘ngilsiz oqibatlari haqidagi videorolik hamda “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech