17 Noyabr 2025 Yil 437

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi O‘zbekiston Respublikasi sanʼat arbobi Bahodir Yo‘ldoshev tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “Tafakkurdan mavjlangan yurak” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston xalq artisti Elyor Nosirov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, O‘zbekiston teatr sanʼatining rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev — zo‘r sahna madaniyati, original rejissyorlik qarashlari va milliy anʼanalarni zamonaviy yondashuv bilan uyg‘unlashtirish mahorati bilan tanilganligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Shuningdek, 2023 yil 22 dekabr kuni davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi yig‘ilishida idora va muassasalarda har oyning bir kunini “Teatr kuni” deb eʼlon qilish taklif etilgan edi. Prezident tomonidan berilgan topshiriqlar hamda Hukumatning tegishli hujjatlari ijrosini taʼminlash maqsadida, mazkur tadbir yakunida yig‘ilish ishtirokchilarga O‘zbekiston Davlat satira teatrining aktyorlari tomonidan “Soqov xotin” nomli komediya namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech