Toshkent shahar Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida sportning “stol tennisi” turi bo‘yicha musobaqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6099-son Farmoni, Toshkent shahar “Dinamo” JTSJ kengashining 2026 yil kalendar-rejasiga muvofiq, joriy yilning 5 fevral kuni O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasida tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalari, Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi hamda Toshkent shahar favqulotda vaziyatlar boshqarmasi terma jamoalari o‘rtasida sportning “stol tennisi” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur musobaqada tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalari (Toshkent shahar IIBB Qo‘riqlash boshqarmasi, Toshkent shahar Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi)ning 17 ta terma jamoalari tarkibida jami 50 nafarga yaqin sportchi xodimlar g‘oliblik uchun bellashishadi.