13 May 2025 Yil 1916

“Tashvish tugmalari” tekshirilmoqda

Sodir etilgan jinoyatlarning “issiq izi” dan ochilishida o‘z vaqtida qilingan murojaatlar katta ahamiyatga ega. Tezkorlik bilan ko‘rilgan choralar jinoyatchi hamda huquqbuzarlarni izlarni yashirishga ulgurmay fosh etish imkonini beradi. Maʼlumki, odamlar gavjum joylarda, aksariyat bozorlarda kissavurlik, o‘g‘irlik, mayda bezorilik kabi holatlar uchrab turadi. Ayni paytlarda poytaxtimizning “qizil” toifaga kiritilgan mahallalari, gavjum joylari, ko‘p qavatli uylari, davlat ahamiyatiga molik xamda savdo obyektlarida “tashvish” tugmasi o‘rnatish ishlari davom etmoqda. Kuni kecha Yunusobod tumani IIO FMB rahbariyati Yunusobod tumanida joylashgan “Oloy” hamda “Yunusobod” dehqon bozorlari hududlarida bo‘lib, bozorlar maʼmuriyati ishtirokida bozor hududiga o‘rnatilgan “tashvish” tugmalarining sozligi, markaziy xizmatga to‘g‘ri ulangani, qonuniyligini nazorat tekshiruvidan o‘tkazishdi. Mutaxassislar “tashvish” tugmalarining ishlash jarayonlarini ko‘zdan kechirib, ular to‘g‘ri hujjatlashtirilgani, foydalanishga sozligini tasdiqlashdi. Shu o‘rinda, ushbu jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan saʼy-harakatlar poytaxtimiz aholisi tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilingani, “tashvish” tugmalaridan to‘g‘ri foydalanish orqali ko‘plab jinoiy harakatlarning, salbiy holatlarning oldi olinayotganligi bo‘yicha maʼlumotlar qayd etilayotganini taʼkidlash joiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech