2 Dekabr 2025 Yil 257

Sergelida probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan kengaytirilgan sayyor uchrashuv

​Sergeli tumani IIO FMB Probatsiya bo‘limi nazoratidagi 154 nafar muqaddam sudlangan shaxs ishtirokida tuman hokimiyatida sayyor uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
​Tadbirga tuman IIO FMB boshlig‘i B.B.Anvarov boshchilik qildi. Uchrashuv davomida ishtirokchilarga qayta jinoyat sodir etmaslikning huquqiy va ijtimoiy oqibatlari tushuntirilib, profilaktik ogohlantirishlar berildi.

​Shuningdek, aniqlangan ijtimoiy-huquqiy muammolarni hal etishga amaliy yordam ko‘rsatildi. Xususan, ozod etilgan 1 nafar shaxsga fuqarolik pasportini olishda yordam berilib, boshqa aniqlangan muammolar joyida hal etildi.

© Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

Barcha yangiliklar

Text to speech