Sergeli tumanida navbatdagi o‘rganish ishlari va sayyor qabullar bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston respublikasi Prezidentining mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida poytaxtning Sergeli tumanida amaliy tadbirlar tashkil etildi. Tadbirda tuman tuman IIO FMB boshlig‘i B.Anvarov, prokuror O‘.Davlanov hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etib, tumandagi “Ittifoq” hamda “Nilufar”mahallalarida o‘rganishlar olib borishdi. Tashrif davomida mahallalar “yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazildi. Profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyati o‘rganilib, qaror talablarini amaliyotga tatbiq etilishi samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilib, sayyor qabullar tashkil etildi. “Ittifoq” mahallasida yashovchi 10 nafar fuqaroning murojaatlari tinglanib, 5 nafarining muammolari joyida hal etildi. 2 ta murojaatning ijrosi nazoratga olindi. 3 nafar murojaatchiga asoslantirilgan huquqiy tushuntirish berildi. Shuningdek, 2 nafar yoshning muammoli masalalari o‘rganilib ularning murojaatlari joyida ijobiy hal etildi. “Nilufar” mahallasida istiqomat qiluvchi 12 nafar qabul qilingan fuqarolarning 6 nafariniki joyida hal etilgan bo‘lsa, 2 tasining ijrosi nazoratiga olindi, 4 tasiga huquqiy malakali tavsiyalar berildi. Aholi murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish hamda hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar barcha tumanlarda tizimli ravishda davom ettirilmoqda.