"Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri munosabati bilan Yunusobod tumani IIO FMB boshlig‘i polkovnik M.M.Vafoyevning navbatdagi Sayyor qabuli o‘tkazildi.
Xalqimizning manfaatlarini himoya qilish, borasida sayyor qabullar tashkil etish orqali aholi bilan bevosita muloqot qilish, ayniqsa, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlab, joyida bartaraf etish yuzasidan amaliy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Qabulda Probatsiya xizmati hisobida turgan mahkumlarning ham murojaatlari eshitilib, ular tomonidan ko‘tarilgan masalalar ko‘rib chiqildi.
Qabul jarayonida turli masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi. Ushbu masalalardan 4 tasi joyida ijobiy hal etildi, 3 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi va 4 tasi bo‘yicha tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirildi.