17 Iyul 2025 Yil 710

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta shaxslar o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 17 iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumani, Ahmad Yugnakiy ko‘chasida, yollanma ishchilar: 1991 yilda tug‘ilgan M.A., 1999 yilda tug‘ilgan D.Y. hamda 2002 yilda tug‘ilgan E.Y. lar kelishmovchilik oqibatida o‘zaro tortishib, og‘zaki janjallashib ketganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech