16 Yanvar 2026 Yil 16048

Rasmiy ma’lumot

Ijtimoiy tarmoqlarda 2 nafar ayol o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
 
Joriy yilning 15 yanvar kuni taxminan soat 23.55 larda Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasida joylashgan kafelardan birining oldida, 2000 yilda tug‘ilgan M.N. hamda 1992 yilda tug‘ilgan I.G. tortishib qolganligi va tomonlar o‘zaro janjallashib ketganligi aniqlangan. Janjal natijasida hech kim tan jarohati olmagan.
 
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech