Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs ayol kishiga uyatsiz harakatlar sodir etganligi haqidagi xabar tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Joriy yilning 6 yanvar kuni taxminan soat 18.50 larda noma’lum shaxs Uchtepa tumani Lutfiy ko‘chasida bo‘la turib 1996 yilda tug‘ilgan L.Q. ga nisbatan uyatsiz buzuq harakat sodir etgan va voqea joyidan ketib qolgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida noma’lum shaxsning shaxsni aniqlangan: u 1993 yilda tug‘ilgan V.Andrey bo‘lib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan.
Hozirda Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu shaxsning nojo‘ya xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz: 71-231-95-20 raqamiga yoki 102 qisqa raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.