22 Iyul 2025 Yil 463

Rasmiy ma’lumot

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi qizni yuziga paqildoq (xlopushka) otgani aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Joriy yilning 17 iyul kuni taxminan soat 02.00 larda Yashnobod tumanidagi tungi klublarning birida, 1980 yilda tug‘ilgan A.R, shu klubning ishchisi 2000 yilda tug‘ilgan M.K. ning yuz qismiga paqildoq (xlopushka) otgan. Natijada fuqaro “ko‘z olmasi og‘ir darajali kontuziyasi, yuqori qovoq, burun yuzasi va peshona sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi hamda shilingan jarohati” tashxisi bilan shifoxonaga olib borilgan. Hozirda bemor shifokorlar nazoratiga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech